"Fenerbaxche" Kante transferi bo'yicha kelishuvni yanvar oxirigacha yopmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Fenerbaxche" "Al-Ittihod" yarim himoyachisi N'golo Kanteni o'z safiga qo'shib olish harakatlarini to'xtatmayapti.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, futbolchining o'zi ham turk klubiga o'tishga qiziqish bildirmoqda. Frantsuzga Domeniko Tedesko loyihasi yoqadi. Futbolchi va jamoa o'rtasida og'zaki kelishuv allaqachon tuzilgan. Ammo muammo shundaki, "Al-Ittihod" frantsuzni qo'yib yubormoqchi emas.
Kante 2023 yilda "Chelsi"dan erkin agent sifatida "Al-Ittihod"ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
436