"Inter" yana EChLning umumiy bosqichini boshqa italyan klublaridan yaxshiroq o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 473

"Inter" Evropa Chempionlar Ligasi musobaqasining joriy mavsumida umumiy hisobda 10-o'rinni egalladi. O'tgan mavsumda "neradzurrilar" 4-o'rinni qo'lga kiritgandi.
Turnir yangi formatga o'tganidan keyin ikkala mavsumda ham "Inter" A Seriyaning boshqa vakillarini ortda qoldirdi.
"Yuventus" o'tgan mavsumda 20, joriy mavsumda esa 13-o'rinni egalladi. "Atalanta" bir yil avval umumiy bosqichni 9-o'rinda yakunlagan bo'lsa, endi 15-o'rinda bormoqda.
O'tgan mavsumda "Milan" 13-o'rinni, "Bolonya" 28-o'rinni egallagandi. Chempionlar Ligasining joriy mavsumida "Napoli" umumiy bosqichda 30-o'rinda qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
473