"Galatasaroy" murabbiyi "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

Istanbulning "Galatasaroy" klubi ustozi Okan Buruk Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 8-turida "Manchester Siti" mehmoni bo'lib, mag'lubiyatga uchragani haqida gapirdi. Unda turklar Xosep Gvardiola shogirdlariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"Bu "Galatasaroy"ning ikki xil bo'limi edi. Birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik, ammo ikki marta to'p o'tkazib yubordik. Tanaffusdan keyin tezkor to'p kiritilsa, kurashish mumkin edi. Ammo raqib bugun bizdan kuchliroq edi," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra, Istanbul jamoasi o'n ochko to'pladi va pley-off zonasida yakunlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357