Benzema "Al-Ittihod"ni boykot qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 482

"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema maydonga tushmoqchi emas. Jurnalist Santi Auna xabariga ko'ra, 38 yoshli futbolchi klubning yangi shartnoma bo'yicha taklifidan norozi, shuning uchun Saudiya chempionatining "Al-Fateh"ga qarshi bo'lajak o'yinini boykot qilishga qaror qilgan. Yulduz hujumchi rahbariyatga munosib taklif bo'lmaguncha o'ynamasligini ma'lum qildi.
Karim Benzemaning "Al-Ittihod" bilan amaldagi mehnat shartnomasi yarim yildan keyin o'z nihoyasiga etadi. Hujumchi Madridning "Real" klubida 14 yil o'ynagach, 2023 yilning yozida Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgandi.
"Al-Fateh" - "Al-Ittihod" uchrashuvi 29 yanvar kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291