Goretska Flikdan "Barselona"ga o'tishni iltimos qilganmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 534

"Bavariya" yarimhimoyachisi Leon Goretska ehtimoliy transfer borasida biror klubga murojaat qilgan-qilmagani haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq OAVda futbolchi "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka o'z xizmatlarini taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Men "Barselona"ga o'tish masalasida go'yoki Flik bilan bog'langanimni o'qidim. Hoziroq bu ma'lumotni rad etishim mumkin", - dedi Goretska DIE ZEIT’ga bergan intervyusida.
Leon Goretska 2018 yilda "Boxum"dan "Bavariya"ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Yarim himoyachi joriy mavsum myunxenliklar safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279