La Ligada yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1244

Ispaniya La Ligasida yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi deb "Real Sosedad" ustozi Pellegrino Mataratstso e'lon qilindi.
O'tayotgan oyda "Real Sosedad" Ispaniya chempionatida 4ta o'yin o'tkazdi. Jamoa "Atletiko" bilan durang o'ynadi (1:1), keyin "Xetafe" (2:1), "Barselona" (2:1) va "Selta"ni (3:1) mag'lub etdi.
Ayni paytda "Real Sosedad" La Liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinni 1 fevral kuni "Atletik" mehmoni bo'ladi.
Pellegrino Mataratstso dekabr oyida "Real Sosedad" bosh murabbiyiga aylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291