London klubi Sterlingga ish berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Rahim Sterling "Chelsi" bilan shartnomasi bekor qilinganidan keyin erkin agent maqomiga ega bo'ldi.
Endi Sterling o'ziga yangi jamoa qidirishi mumkin. Indykaila News xabariga ko'ra, Rahimga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda. Londonliklar 31 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor, ammo faqat o'zlari uchun foydali shartlar asosida.
Umuman olganda, "Vest Xem" Sterlingning o'tmishi uchun ortiqcha pul to'lamoqchi emas. Bu tushunarli - hozir "bolg'achilar"ga nomlar emas, kuchli o'yinchilar kerak. Jamoa Premer-liga jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286