"Inter" "PSJ"ning sobiq futbolchisi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Inter" tarkibini kuchaytirmoqchi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, milanliklar "Al-Ittihod" hujumkor yarim himoyachisi Mussa Diabi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Taxminan 35 million evroga sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olish ko'zda tutilgan.
Qayd etilishicha, 26 yoshli Diabi allaqachon "Inter"ga o'tishga rozilik bergan. Endi bitim taqdiri "Al-Ittihod"ga bog'liq.
Mussa Diabi "PSJ" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi Evropada "Krotone" "Bayer" va "Aston Villa" klublarida ham o'ynagan.
2025/2026 yilgi mavsumda Mussa Diabi 24 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279