Morata tekinga o'ynashga ham tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Seshanba kuni "Komo" "Fiorentina"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, Italiya kubogining chorak finaliga yo'l oldi.
"Komo" safida gol urganlar orasida Alvaro Morata va Niko Pas ham bor edi. O'yindan keyin Morata jamoadoshi haqida hazillashdi.
"Agar Niko Pas yana bir yil "Komo"da qolsa, men ham qolaman va tekinga o'ynayman", - dedi The Morata.
Aytishlaricha, yozda Niko Pasni Madridning "Real" klubi klubga qaytarmoqchi. Italiya kubogi chorak finalida "Komo" "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.
A Seriyaga kelsak, ayni damda Sesk Fabregas jamoasi turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
427