Vinisius o'tishi mumkin bo'lgan oltita superklub nomi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 623

Vinisius hali "Real" bilan shartnomasini uzaytirgani yo'q, shuning uchun uning kelajagi hamon muhokama qilinmoqda. Agar braziliyalik hujumchi Madrid klubini tark etishga qaror qilsa, unga Evropaning bir qator grandlari da'vogarlik qiladi. Bu haqda The Touchline nashri jurnalist Ruben Martinga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vinisius Juniorning potentsial klublari "PSJ", "Manchester Siti", "Chelsi", "Arsenal", "Liverpul" va "Bavariya" bo'lishi mumkin.
Vinisius 25 yoshda. Uning "Real" bilan shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Vinisius joriy mavsum 31 ta o'yinda 7 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
428