«Man Siti» futbolchisining yangi manzili ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6455

Hujumkor yarim himoyachi Oskar Bobb klubini o'zgartirmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "Fulxem" va "Manchester Siti" 22 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olgan.
"Fulxem" Bobbning to'laqonli transferi uchun 27 million funt (taxminan 31,2 million evro) to'laydi. "Manchester Siti" Oskarning keyingi transferi qiymatining 20 foizini o'zida saqlab qoladi.
Yaqin orada Oskar Bobb tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Agar muammolar aniqlanmasa, transfer uzil-kesil rasmiylashtiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374