«MYu» portugaliyalik superyulduzni nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1492

"Manchester Yunayted" yozda tarkibni o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko'ra "qizil iblislar"ning maqsadlaridan biri chap qanot hujumchisini o'z safiga qo'shib olishdir. Mankunianliklar Maykl Karrik jamoa boshqaruvida qolishi yoki qolmasligidan qat'i nazar, to'rt himoyachi sxemasiga tayanishni rejalashtirmoqda.
"MYu" radarida "Milan" vingeri Rafael Leau turibdi. Italiyadagi manbalarning aytishicha, "rossonerilar" yozda 27 yoshga to'ladigan portugaliyalik futbolchining transferini ko'rib chiqishga tayyor. Leau A Seriyaning eng qimmat futbolchilari ro'yxatida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi - Transfermarkt portali uni 70 million evroga baholamoqda.
Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" "Everton"dan Ilman Ndiaye va "Chelsi"dan Tayrik Jorj variantlarini ham ko'rib chiqmoqda.

Bosh sahifaga
264