«Real» «Chelsi» yulduzini kelasi yozdagi asosiy nishonlardan biri sifatida belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 757

"Real" tarkibni kuchaytirish bo'yicha rejalar tuzmoqda. The Touchline nashriga ma'lum bo'lishicha, Madrid superklubi yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bunday xarid joriy qishda emas, balki keyingi yozda amalga oshiriladi.
Manbaga ko'ra, ayni damda "Real"ning asosiy maqsadi Entso Fernandes bo'lib turibdi. Biroq yakuniy qaror yozda qabul qilinadi va murabbiyga bog'liq bo'ladi. "Qaymoqranglilar" boshqaruvida Alvaro Arbeloa qoladimi yoki klub boshqa mutaxassisni tayinlaydimi, hozircha noma'lum.
Entso Fernandes hozirda "Chelsi" sharafini himoya qilmoqda. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 25 yoshli argentinalikni 85 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264