Arteta Edegorni jazolaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 734

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Martin Edegorni zaxira o'yinchisiga aylantirish variantini ko'rib chiqmayapti. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Qayd etilishicha, Arteta va Edegor o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik bor - murabbiy norvegiyalikni "Arsenal"ning uzoq kutilgan Premer-liga chempionligi uchun kurashida asosiy figura deb hisoblaydi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tgan o'yinda Martin Edegor 58-daqiqadayoq zaxiraga olingandi. Norvegiyalik futbolchi Mikel Artetaning qaroridan norozi bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Chorshanba kuni "Arsenal" Chempionlar ligasi doirasida "Qayrat"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266