"Yuventus" argentinalik futbolchiga taklif qilgan shartnoma shartlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 552

"Yuventus" "Bornmut" himoyachisi Markos Senesiga taklif bilan chiqdi.
Tuttosport xabariga ko'ra, turinliklar argentinalik futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ular 28 yoshli futbolchiga 4 mavsumlik shartnoma va yiliga 3 mln evro maosh taklif qilishgan.
Senesiga "Barselona" va "Atletiko" ham qiziqmoqda, shuning uchun turinliklar Markos bilan tezroq kelishib olishga shoshilmoqda.
Shuningdek, "Yuventus" Maksimo Perronga ham ko'z tikmoqda. "Komo" yarim himoyachisini "Napoli" ham kuzatib bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337