"Manchester Yunayted" dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan birini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1015

"Manchester Yunayted" jamoa darvoza chizig'ini kuchaytirmoqchi, deb xabar beradi Football Insider. Mankunianliklar Argentina terma jamoasi va Birmingemning "Aston Villa" klubi darvozaboni Emiliano Martines nomzodiga qaytishmoqchi.
"Qizil iblislar" 33 yoshli jahon chempioni uchun Milanning "Inter" klubi bilan kurashishga tayyor. Potentsial bitim summasi 46 million evroga baholanmoqda. Martines "sherlar" bilan 2029 yilning yarmigacha shartnoma majburiyatlari bilan bog'langan.
Argentinalik posbon Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 19 ta uchrashuv o'tkazib, 17 ta to'p o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342