Tomas Frank "Tottenxem" futbolchilari ishtirokidagi avtohalokat haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 651

Angliyaning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turidan o'rin olgan Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasiga qarshi o'yin oldidan jarohat olgan futbolchilar haqida gapirdi. Uchrashuv bugun, 28 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
"Randal Kolo-Muani va Uilson Odober o'zlarini juda yaxshi his qilishmoqda. Afsuski, ular kichik avtohalokatga uchradilar, lekin hammasi joyida. Ular birozdan keyin safarga chiqishadi. Pedro Porro sonining orqa mushaklaridan jarohat oldi va 4 hafta maydonga tusha olmaydi. Miki van de Venda qandaydir arzimas narsa bor va u biz bilan ketmadi", - deya Frankning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340