Rodjers nima uchun Tilemansni maydonga tushirmayotganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

Angliyaning «Lester» klubi bosh murabbiyi Brendan Rodjers jamoa futbolchisi Yuri Tilemansni «Norvich» klubiga qarshi maydonga tushirmadi va keskin tanqidlarga sabab bo'ldi.
«Dennis Prat «Manchester Siti»ga qarshi bahsda ajoyib o'yin namoyish etdi. Shuning uchun uni maydonga tushirishga qaror qildim. Qo'l ostimda aynan o'sha pozitsiyada to'p suradigan ajoyib ikki futbolchi bor. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, o'sha ikki futbolchining biridan foydalanishga harakat qilaman.
Aminmanki, agar maydonga Tilemansni tushirganimda g'azablangan bo'lardingiz, chunki u yaxshi o'ynamagandi. Yuri keyingi o'yinlarda maydonga tushadi», — dedi Rodjers.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233