Rasman. Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 583

Professional boksning super o'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi jangi tafsilotlari e'lon qilindi.
Bektemir Meliqo'ziev 2026-yilning 22-fevral kuni tongda AQShning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomining asosiy kardida ringga chiqadi. Ushbu jangda unga Gana vakili Sena Agbeko (20–4) raqib bo'ladi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios va sobiq Jahon chempioni Rayan Garsiya o'rtasida o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli Meliqo'ziev professional faoliyati davomida hozirga qadar 17 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan. U 10 ta jangda raqiblarini muddatidan avval enggan. 33 yoshli Sena Agbeko hisobida esa 29 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud.

Bosh sahifaga
288