"Liverpul" "Kristal Pelas" xavbeki bilan muzokara o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 581

"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda DaveCope xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar ehtimoliy o'tish bo'yicha muzokaralar olib borgan. Qayd etilishicha, Uortonning o'zi boshqa yirik klublar qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Enfild"ga o'tishni karerasini rivojlantirishning ustuvor varianti deb hisoblaydi.
Joriy mavsumda 21 yoshli Uorton barcha musobaqalarda 31ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan.
Uortonning "burgutlar" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari angliyalikning narxini 60 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242