Ingliz klubi 24 soat ichida Zinchenkodan qutulmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1075

Ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko 2025/2026 yilgi mavsumning birinchi qismida ijara asosida to'p tepgan "Nottingem Forest"ni muddatidan oldin tark etmoqda.
Mail Sport xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvni yaqin 24 soat ichida bekor qiladi. Himoyachi bu mavsumda atigi o'nta o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandrning to'liq shartnomasi Angliyaning boshqa bir klubi - Londonning "Arsenal" klubiga tegishli.
Avvalroq matbuotda Zinchenko Amsterdamning "Ayaks" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ukrainalikning bozor narxi 15 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242