Niko Uilyams operatsiya qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441

"Atletik" klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Uilyams pubalgiyadan tiklana olmayapti. Qolaversa, 23 yoshli futbolchining ahvoli og'irlashib bormoqda. Vaziyat va yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatini inobatga olib, operatsiya varianti ko'rib chiqilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Niko Uilyams 22 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol va beshta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160