Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"dan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 555

Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted"ni tark etishi haqidagi mish-mishlar tobora kuchayib bormoqda. 31 yoshli futbolchi klub boshqaruv tizimidan "juda norozi," deb yozadi The Touchline.
Portugaliyalik yarim himoyachi kelajagi bo'yicha qaror qabul qilishdan oldin yangi doimiy murabbiy tayinlanishini kutadi. Ehtimol, agar "qizil iblislar" rahbariyatining tanlovi uni qoniqtirmasa, o'yinchi vaziyatni o'zgartirishga tayyor bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, hozir Maykl Kerrik bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi maqomida ishlaydi, uning shartnomasi yozgacha mo'ljallangan. Yanvar oyi boshida Ruben Amorim iste'foga chiqarildi.
Fernandeshga anchadan buyon Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirishmoqda.

Bosh sahifaga
161