Bellingem diskvalifikatsiya xavfiga qaramay, asosiy tarkibda maydonga tushadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 490

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar Ligasidan o'rin olgan "Benfika"ga qarshi o'yinda ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.
Angliyalik "qaymoqranglilar"ning pley-offdagi ilk uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin: agar u bugun sariq kartochka olsa, diskvalifikatsiya qilinadi. Shu munosabat bilan Alvaro Arbeloa yulduz xavbekni zaxira o'rindig'ida qoldirishi mumkinligi taxmin qilingan edi, ammo murabbiy tavakkal qilishga tayyor. Diario AS xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "Benfika"ga qarshi bahsda asosiy tarkibdan joy oladi.
"Real" Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi, ammo mag'lubiyatga uchrasa, 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan quruq qolishi mumkin.

Bosh sahifaga
160