Doku: "Xudoga shukr, Dalotning zarbasidan keyin jiddiy jarohat olmadim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 598

"Manchester Siti" hujumchisi Jeremi Dokuning aytishicha, u "Manchester Yunayted" a'zosi Diogu Dalot bilan to'qnashuvdan so'ng jiddiy jarohat olmagan.
"Dalotning zarbasidan keyin jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqishim mumkin edi. Shunday bo'ldiki, Norvegiyada o'ynamadim, ammo tafsilotlarga to'xtalib o'tirmoqchi emasman, chunki bu o'tmishda qoldi. Xudoga shukr, jiddiy jarohat olmaganman va o'ynay olaman," - deya Dokuning so'zlarini keltiradi City HQ.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionatining 22-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Manchester Siti" "Manchester Yunayted"ga 0:2 hisobida yutqazgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172