"Manchester Yunayted" "Renn" hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

"Renn" hujumchisi Kader Meyte faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Rudi Galettining ma'lum qilishicha, 18 yoshli forvardni "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Qizil iblislar" yanvar oynasi yopilgunga qadar futbolchining transferini rasmiylashtirishga urinib ko'rishi mumkin.
Qayd etilishicha, Meyteni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirayotgan klublardan yana biri "Al-Hilol" hisoblanadi. Biroq, "Renn" allaqachon Saudiya Arabistoni jamoasining bitta rasmiy taklifini rad etgan.
Kader Meyte "Renn" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 19 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Meyteni 10 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
173