Arbeloa "Real" futbolchilarining kayfiyati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 644

Bugun Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi musobaqasining so'nggi turida "Benfika"ga qarshi bahs olib boradi.
O'yindan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlar "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloadan futbolchilarning hozirgi kayfiyati unga ma'qul kelyaptimi, deb so'rashdi. Mish-mishlarga ko'ra, murabbiy o'zgarishidan oldin jamoa psixologik muammolarga duch kelgan.
"Tayinlanganimdan beri ko'rganlarimga qaraganda, futbolchilar o'zini qurbon qilishga, qattiq ishlashga va g'alaba qozonish uchun zarur bo'lgan hamma narsaga to'liq tayyor. Albatta, biz ancha yaxshiroq o'ynashimiz mumkin, ammo buning uchun bizga vaqt kerak bo'ladi, ishlashda davom etishimiz kerak," - deya javob berdi Xabi Alonso o'rniga kelgan Arbeloa.

Bosh sahifaga
170