Skoulz "Manchester Yunayted" futbolchisini maqtadi: "Ajoyib xarakter"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Manchester Yunayted"ning mashhur sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoa markaziy himoyachisi Xarri Maguayr haqida fikr bildirdi.
32 yoshli futbolchi Maykl Kerrik davrida "qizil iblislar" asosiy tarkibiga qaytdi va jamoaning "Manchester Siti" (2:0) va "Arsenal" (3:2) ustidan g'alaba qozonishiga yordam berdi.
"Maguayr avvalgi mavqeini hisobga olgan holda aql bovar qilmaydigan xarakter ko'rsatdi. Axir uni hatto o'z muxlislari ham masxara qilishgan-ku?
Uning maydonda kurashayotganini ko'rib, zavqlanyapman. Unda energiya ko'rinib turibdi, u g'ayratga to'la," - deya Skoulzning so'zlarini keltiradi UtdDistrict.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172