Mxitaryan: «Xursand bo'lish uchun «Arsenal»ni tark etganman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

Rimning "Roma" klubi futbolchisi Genrix Mxitaryan nima uchun "Arsenal" klubidan ketganligini ochiqladi.
«APL doirasida bo'lib o'tgan «Tottenxem» klubiga qarshi uchrashuvdan keyin menga Mino Rayola qo'ng'iroq qildi. Juda yaxshi eslayman. U menga birinchi reys bilan Rimga chipta sotib olganini aytdi.
Barchasi juda tez amalga oshdi. Men shartnoma imzolaganimdan so'ng, bu mavsumda hammasini o'zgartirishim uchun o'zimga o'zim va'da berdim. Yoshingiz 30daligida vaqtni yondirib yuborib bo'lmaydi.
Qaytadan xursand bo'lishim uchun «Arsenal»ni tark etdim. Ruhan va jismonan italiyada ancha o'sishga erishdim», — dedi Mxitaryan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255