"Inter" "Milan"ning sobiq yulduzini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi yarim himoyachisi Frank Kessi Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. 29 yoshli futbolchi Milanning "Inter" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Jurnalistlar Matteo Moretto va Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, tez orada "neradzurrilar" ivuarlik futbolchining atrofidagilar bilan uchrashuv o'tkazib, mavsum yakunlangach, uning jamoaga o'tishi mumkinligini muhokama qilishadi. Yarim yildan so'ng xavbekning amaldagi shartnomasi o'z nihoyasiga etadi - u erkin agent sifatida yangi jamoasiga o'ta oladi.
Yaqinda Frank Kessening agentlari A Seriyaning boshqa bir grandi - "Yuventus" vakillari bilan uchrashgandi. "Milan" sobiq yulduzining rejalari hozircha oshkor etilmayapti. Transfermarkt portalida futbolchining narxi - 12 mln evro.

Bosh sahifaga
242