Rosenor - "Chelsi" yarim himoyachisi haqida: "U jahon darajasidagi o'yinchiga aylanishi mumkin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2307

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor yarim himoyachi Romeo Laviyaning imkoniyatlarini baholadi.
Belgiyalik xavbek doimiy jarohatlar tufayli o'z darajasini to'liq ko'rsata olmayapti. 22 yoshli xavbek yaqindagina navbatdagi jarohatini davoladi, ammo hozircha maydonga qaytgani yo'q.
"Laviya - ajoyib o'yinchi, uning jahon darajasidagi yarim himoyachi bo'lish salohiyati bor. U hali bir necha tiklanish bosqichlaridan o'tishi kerak, lekin uni mashg'ulotlarda ko'rganimdan juda xursandman. Biz Romeoning holatini kuzatib borishimiz kerak," - deya Rosenorning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Laviya joriy mavsum "Chelsi" safida 7 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199