Arbeloa: "Taxminiy stsenariylar haqida gapirmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 386

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Joze Mourinoning klubga qaytishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Chorshanba kuni "Los Blankos" safarda Joze murabbiylik qilayotgan "Benfika"ga qarshi o'ynaydi.
Bir necha hafta oldin portugaliyalik murabbiyning "Qirollik klubi"ga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
"Agar Mourino "Real Madrid"ni boshqarganida va sizga uning yordamchisi bo'lish imkoniyatini taklif qilganida, rozi bo'larmidingiz?", deb so'rashdi Arbeloadan matbuot anjumanida.
"Men taxminiy stsenariylar haqida gapirmaslikka harakat qilaman. Men hozirgi holatga, "Benfika"ga qarshi bo'lajak o'yinga va futbolchilardan maksimal darajada foydalanishga e'tibor qaratmoqdaman. Bizni oldinda unutilmas o'yin kutmoqda, ammo eng muhimi - g'alaba qozonish", – dedi Arbeloa.

Bosh sahifaga
167