"Manchester Siti" xavbekiga boshqa top-klub qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
31 yoshli futbolchini "Milan" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Jurnalist Petro Balsanoning yozishicha, "rossonerilar" vakillari allaqachon xorvat bilan bog'lanib, yozdagi transfer masalasini muhokama qilishgan.
Mateo Kovachichning Transfermarkt portalidagi taxminiy narxi - 15 mln evro. Futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Xavbek Italiya futboli bilan allaqachon tanish: 2013 yil boshidan 2015 yil yozigacha u Milanning "Inter" klubida o'ynagan va u erdan Madridning "Real" klubiga o'tgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167