"Real"da Endrikning kelajagi bo'yicha qaror qabul qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik ijara asosida to'p tepayotgan "Lion"da yorqin o'yin ko'rsatmoqda.
19 yoshli futbolchi Frantsiya jamoasi safida uchta o'yinda to'rtta gol va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Yaqinda Liga 1 doirasida "Metts"ga qarshi kechgan bahsda braziliyalik futbolchi xet-trik qayd etdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, "Real"ning Endrik bo'yicha pozitsiyasi juda aniq: futbolchiga hamon umid qilinmoqda, u qaytganidan keyin Madridda o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi. "Lion" ijara muddatini uzaytirishga urinib ko'radi, biroq "qaymoqranglilar" xo'jayinlari istiqbolli hujumchini qaytarishni rejalashtirmoqda.
Porlayotgan yulduzning ispan grandi bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
169