"Kopengagen" ustozi "Barselona"ga qarshi o'yinda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5

"Kopengagen" bosh murabbiyi Yakob Neestrup Chempionlar ligasi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan klubning kayfiyati haqida gapirdi. Jamoalar chorshanba kuni umumiy bosqichning so'nggi turida to'qnash kelishadi.
"Imkoniyatlar har doim bor. Hammasi o'yinimizga bog'liq bo'ladi. Biz avval ham kuchli raqiblar bilan to'qnash kelganmiz - masalan, "Bavariya" bilan. Endi ajoyib hujum chizig'iga ega top-jamoa "Barselona" bilan o'ynashimiz kerak. Eng muhimi - tartibli harakat qilish, ixchamlikni saqlash, to'pga yaqinroq yurish. Biz to'rt himoyachi bilan ham, besh himoyachi bilan ham o'ynay olamiz. Agar himoyadan o'ynash kerak bo'lsa - hech qanday muammo yo'q," - dedi Neestrup matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158