Marmush "Manchester Siti"dan ketishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush klubini o'zgartirishga qiziqmoqda. Misrlik futbolchi yanvar oyi boshida "shaharliklar" tomonidan "Bornmut"dan sotib olingan Antuan Semeno kelganidan keyin doimiy o'yin amaliyotidan mahrum bo'lishi mumkin.
Transfer News Live nashrining jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar berishicha, Marmush qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar ketishga tayyor. 26 yoshli futbolchiga "Aston Villa" va "Tottenxem" klublari asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
O'tgan yilning boshida "Manchester Siti" Omar Marmushni Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 75 mln evroga sotib olgan edi. Forvardning hozirgi narxi - 65 mln evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
139