Ruminiyada “PAOK” klubi muxlislari ishtirokida daxshatli YTH sodir bo'ldi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

Ruminiyada Gretsiyaning “PAOK” klubining 10 nafar muxlisi ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdi. Oqibatda etti nafar muxlis halok bo'lgan, yana uch kishi jarohat olgan. Bu haqda Skai telekanali xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, mikroavtobus Gretsiyadan Frantsiyaga, Evropa Ligasining 8-turidan o'rin olgan “Lion” — “PAOK” uchrashuviga yo'l olgan bo'lgan. Yo'l-transport hodisasi kunduzgi paytda DN6 — E70 avtomagistralida sodir bo'lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, mikroavtobus quvib o'tish manevrini amalga oshirishga uringan, biroq o'z yo'lagiga qaytishga ulgurmay, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan, ichida spirt bo'lgan yuk mashinasi bilan to'qnashgan. Kuchli zarba oqibatida mikroavtobus yo'l chetiga chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisadan so'ng Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi zudlik bilan Buxarestdagi Gretsiya elchixonasi va konsullik bo'limiga tegishli topshiriqlar bergan. Elchixona vakillaridan iborat maxsus guruh voqea joyiga hamda jabrlanganlar etkazilgan shifoxonalarga yuborilgan. Hozirda jarohat olganlarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bosh sahifaga
157