Klopp Germaniyada yangi futbol ligasini tashkil etish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniyada yangi futbol ligasini yaratish rejalari ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Klopp Bundesligaga o'tishdan oldin yosh futbolchilarga muhim tajriba to'plashga yordam beradigan U21 ligasini tashkil etishni maqsad qilgan. U mazkur tashabbus ustida Markus Kryoshe, Sami Xedira, Andreas Rettig va Mark Lents bilan hamkorlikda ishlamoqda. Qayd etilishicha, yangi liga g'oyasi yosh iqtidorlarning asosiy jamoalarga kirib borishi tobora qiyinlashib borayotgani bilan bog'liq xavotirlar fonida paydo bo'lgan.
Tashkilotchilar fikricha, amaldagi tizimda qator kamchiliklar mavjud: Evropadagi eng samarali 100 ta akademiya qatoriga Germaniyadan bor-yo'g'i 9 ta akademiya kiradi, Bundesligada Evropaning besh etakchi ligasi orasida o'z tizimida tarbiyalangan o'yinchilar soni eng kam, shuningdek, Bundesligadagi o'yin vaqtining 85 foizi akademiyadan o'tmagan futbolchilar hissasiga to'g'ri keladi.
Ayni paytda Yurgen Klopp Red Bull tuzilmasida futbol yo'nalishi bo'yicha global rahbar lavozimini egallab turibdi.

Bosh sahifaga
240