«Yuventus» o'z futbolchisidan voz kechmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 502

The Sun nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Turinning «Yuventus» klubi yozda o'z yarim himoyachisi Aaron Remzidan qutilmoqchi.
«Keksa sinora» 29 yoshli yarim himoyachining o'yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Klub rahbariyati ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolab xato qilganini anglab etdi.
Qayd etilishicha, Londonning «Arsenal» klubi yozda Remsini ortga qaytarishga harakat qilib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, uelslik futbolchi «Yuventus» klubi tarkibiga o'tgan yilning yozida erkin agent sifatida kelgandi va jamoa bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma imzolagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260