Kante "An-Nasr"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

"Al-Ittihod" yarim himoyachisi N'Golo Kante klubini o'zgartirishi mumkin.
"An-Nasr"ning yuridik bo'limi sobiq direktori Saad Al Subayyaning ma'lum qilishicha, "An-Nasr" frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bitim yanvar oyining oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.
Ngolo Kante 2023 yilda "Chelsi"dan erkin agent sifatida "Al-Ittihod"ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda frantsuz Saudiya Arabistoni klubi safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yarim himoyachini 4,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221