O'zbekistonlik hakam va koordinator futzal bo'yicha Osiyo kubogida faoliyat olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 839

Bugun Indoneziya maydonlarida start olgan futzal bo'yicha Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etayotgan o'zbekistonliklar safi yana ikki nafarga kengaydi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) qit'a chempionati uchrashuvlarini boshqarib borish hamda OFK nomidan faoliyat yuritish uchun FIFA referisi Anatoliy Rubakov va musobaqa koordinatori Jahongir Rahmatullaevni Jakartaga taklif etdi.
Anatoliy Rubakov bugungi o'yinlar dasturidan o'rin olgan ilk uchrashuvda bosh hakam sifatida faoliyat olib bordi. Uning boshqarib borgan bahsda Tailand terma jamoasi Livan ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223