"Beshiktosh" Abraxam bo'yicha yangilik e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1992

"Beshiktosh" o'zining rasmiy saytida "Aston Villa" bilan hujumchi Temmi Abraxam transferi bo'yicha muzokaralar boshlanganini e'lon qildi.
Mavsumning birinchi qismida Abraham "Beshiktosh"da ijara asosida o'ynadi. Bir kun avval Istanbul klubi ingliz futbolchisini "Roma"dan sotib olgan edi. Endi esa Temmi Premer-ligaga qaytishi yana aniq bo'lib bormoqda.
Temmi Abraxam "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, Angliyada forvard ijara asosida "Bristol Siti", "Suonsi" va "Aston Villa" klublarida o'ynagan.
"Aston Villa" ayni damda Premer-liga jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Arsenal"dan Unai Emeri jamoasi 4 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234