"Roma" sardori jurnalistdan 100 ming evro talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

"Roma" futbolchisi Lorentso Pellegrini jurnalist Fabritsio Korona tomonidan etkazilgan zararni qoplash uchun Rim sudiga murojaat qildi. Avvalroq, Korona o'z saytida Pellegrinini ta'qib qilishda ayblagan qiz bilan intervyuni e'lon qilgan edi.
Tekshiruv qizning so'zlari yolg'on ekanligini aniqladi. Pellegrini uning obro'siga jiddiy putur etganini aytdi. U etkazilgan ma'naviy zarar uchun kamida 100 ming evro tovon puli olmoqchi.
Intervyu bergan qiz ham tergov ostida. Ushbu ish bo'yicha dastlabki sud majlisi 17 martga tayinlangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236