"Tuluza" Kressuellni sotmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488

Frantsiyaning "Tuluza" klubi angliyalik himoyachi Charli Kressuellni sotish bo'yicha 2 ta taklifni rad etdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "Tuluza" futbolchini Angliyaning "Brayton" klubiga 24 million evroga, Germaniyaning "Volfsburg" klubiga esa 25 million evroga sotishga rozi bo'lmagan. APLning yana bir klubi "Kristal Pelas" futbolchining narxi bo'yicha so'rov yubordi, ammo "Tuluza" klub Kressuellni yozgacha o'z safida saqlab qolmoqchi ekanini aytdi.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi klublar miqyosida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 5 ta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235