Sterling qishdayoq "Chelsi"ni tark etishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 625

Hujumchi Rahim Sterling qishki transferlar oynasi yopilishi oldidan "Chelsi"ni tark etishga tayyor. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, klub va futbolchi muzokaralar olib bormoqda va echim topmoqchi.
31 yoshli Sterlingning "Chelsi" bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Shu bilan birga, futbolchi joriy mavsumda maydonga tushmadi, chunki "aristokratlar" murabbiylari undan foydalanish niyati yo'q.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Rahim Sterlingni 5 million evroga baholamoqda.
"Chelsi" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235