"Atletiko" "Bavariya" futbolchisini qo'lga kiritishga ulgurmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 555

Diego Simeone kadrlar etishmovchiligiga duch kelmoqda va "Atletiko" qishki transfer oynasining so'nggi kunlarini faol o'tkazishni istamoqda. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Madrid klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska bo'yicha muzokaralarni tezlashtirgan.
Goretskaning "Bavariya" bilan shartnomasi yozgacha mo'ljallangan, ya'ni mavsum oxirida futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin. Myunxenliklar hozirda Leonni 20 million evroga baholamoqda. "Atletiko" klubi shartnomasi yakunlanayotganini inobatga olib, bu summani ortiqcha deb hisoblamoqda.
Leon Goretska 2025/2026 yilgi mavsumda 28 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227