Di Mariya dunyoning eng yaxshi ikki terma jamoasini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 643

Roppa-rosa ikki oydan so'ng, 27 mart kuni Argentina va Ispaniya terma jamoalari Finalissimada to'qnash keladi. Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Anxel di Mariya bo'lajak o'yin haqida gapirdi.
"Bu dunyodagi eng yaxshi ikki terma jamoa. Umid qilamanki, Argentina yutadi. O'yin tomoshabop bo'ladi, chunki jamoalarning ritmi va o'yinni ko'rish qobiliyati o'xshash. Bu o'yinda to'p uchun haqiqiy kurash bo'ladi, chunki ikkala jamoa ham bir xil o'ynaydi," - dedi di Mariya AS nashriga bergan intervyusida.
2022 yilda Argentina terma jamoasi Finalissimada Italiyani 3:0 hisobida mag'lub etgandi. O'shanda gollardan birini Anxel di Mariya urgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
453