Flick: "Kristensenning jarohati zarba bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 616

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Andreas Kristensenning jarohati haqida fikr bildirdi. Dekabr oyida daniyalik tizzasidan jiddiy jarohat olgandi.
- Uning jarohati bilan bog'liq vaziyat muvaffaqiyatsiz bo'ldi, chunki u ajoyib formada edi va top-darajada o'ynayotgandi, bizga ko'plab variantlar berdi. Mashg'ulotdagi jarohat jamoa uchun ham, murabbiylar shtabi uchun ham zarba bo'ldi. U qaytadi va ishonchim komilki, mavsumni yaxshi yakunlay oladi," - dedi Flik seshanba kungi matbuot anjumanida.
"Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Real"ni ikki ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar navbatdagi o'yinni 28 yanvar kuni Chempionlar ligasi doirasida "Kopengagen"ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
439