Pyanich faoliyati yakunlaganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1368

Miralem Pyanich ijtimoiy tarmoqda ta'sirli post qoldirdi. Bosniyalik futbolchi faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qildi.
"Men bir umr o'z kuyimni chalib yashadim. Har bir teginish, har bir uzatma, har bir zarba - notaga o'xshaydi. Futbol mening musiqam, maydon mening pianinam edi. Mening orzum har doim bu o'yinning go'zalligini sizga eshittirish edi. Bugun minnatdorlik tuyg'usi bilan ayta olaman: bu simfoniya mening hayotim edi. Uni barchangiz bilan baham ko'rish men uchun sharaf bo'ldi", - deb yozgan Pyanich.
Nashrning davomi sifatida 35 yoshli Pyanich faoliyati davomida turli klublarda to'qnash kelgan barcha futbolchilar, murabbiylar, xodimlar va muxlislarga minnatdorchilik bildirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358