Flik: "Bu katta futbolchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 667

Matbuotda "Barselona" yarimhimoyachi Fermin Lopes bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu borada kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik izoh berdi.
"Menimcha, klub ajoyib ish qildi. U katta futbolchi, turli pozitsiyalarda harakat qila oladi. U har bir o'yinda ajoyib mentalitetga ega. U to'p bilan ham juda yaxshi ishlaydi. Uning biz bilan uzoq vaqt qolishidan xursandman. Akademiya futbolchilari asosiy tarkibga tushsa - ayni muddao. O'ylaymanki, u har bir kunidan zavq oladi", - dedi Flik matbuot anjumanida.
"Barselona" Chempionlar ligasi doirasidagi "Kopengagen"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. U 28 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357